Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya bilan barcha masalalarda muloqotga tayyorligini bildirdi
NATO Rossiya bilan barcha masalalar, jumladan, o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ham muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Bu haqda alyans bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Alexandro Alvargonsales ma'lum qildi.
"Biz barcha masalalar, xususan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha Rossiya - NATO kengashi shaklida va boshqa maydonlarda muloqot o‘tkazishni davom ettirishimiz lozim", dedi u.
Shuningdek, Alvargonsales yaqin vaqt ichida Rossiya - NATO kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma'lum qildi.
"NATO turli masalalar bo‘yicha Rossiya bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor. Rossiya - NATO kengashi yig‘ilishi tez orada bo‘lib o‘tishi kerak", dedi u.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026