Jahon | 01:14 / 10.01.2019
13444
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi mashhur binolardan biri sotuvga qo‘yildi

Nyu-Yorkdagi mashhur “Kraysler-bilding” binosi sotilmoqchi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

Binoning 90 foizi Abu-Dabi davlat jamg‘armasi Abu Dhabi Investment Council’ga tegishli bo‘lib, u bu ulush uchun 2008 yilda 800 mln dollar to‘lagan. Binoning qolgan qismiga Tishman Speyer Properties ko‘chmas mulk jamg‘armasi egalik qiladi. 

Art-deko uslubidagi 320 metrlik bino 1930 yilda Manxettendagi 42-ko‘cha va Leksington-avenyu kesishmasida qurilgan va o‘shandan beri shaharning ramzlaridan biri hisoblanadi. 1953 yilgacha binoda Chrysler Corp. kompaniyasi bosh qarorgohi joylashgan, so‘ngra uning egalari bir necha bor o‘zgargan.

Mutaxassislar binoning yangi egalari duch keladigan va narxga ta'sir qilishi mumkin bo‘ladigan bir necha muammolarni qayd qilib o‘tishgan. Jumladan, binoning eskirib qolgan infratuzilmasi ta'mirlash ishlarini juda qimmatga aylantirishi mumkin. Bundan tashqari, bino ostidagi yer ijarasi narxi o‘smoqda – 2017 yilda ijara haqi 7,75 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 32,5 mln dollargacha ko‘tarilib ketgan. 2028 yilga kelib esa bu qiymat yiliga 41 mln dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid