Jahon | 07:35 / 10.01.2019
16717
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp demokratlar bilan uchrashuvni birgina savoldan keyin tark etdi

Foto: Melina Mara/The Washington Post

AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlarning kongressdagi yetakchilari Chak Shumer va Nensi Pelosi bilan uchrashuvni yagona savolga javob berganidan keyin tark etdi. Tramp bu haqda tvitterda ma'lum qildi. 

Trampning aytishicha, u demokratlardan agar shatdaunni to‘xtatsa, ular Meksika bilan chegara bo‘ylab devor qurilishini o‘z ichiga oluvchi chegara xavfsizligi rejasini ma'qullashlari yoki yo‘qligi haqida so‘ragan. Shumer va Pelosi rad javobini berishgan.

“Men ularga: “xayr”. Unda foydasi yo‘q”, deb aytdim”, deb yozgan Tramp.

AQSh hukumati ishining vaqtinchalik to‘xtatilishi, ya'ni shatdaun 22 dekabrdan davom etmoqda. U kongressda chegarada devor qurilishiga mablag‘ ajratilishi borasidagi kelishmovchilik sababli yuzaga kelgan. 

Mavzuga oid