Jahon | 10:11 / 11.01.2019
7765
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh moliya vaziri Rossiyaga qarshi «qattiq» sanksiyalarni saqlab qolishga va'da berdi

Foto: REUTERS

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning vakillar palatasidagi yopiq brifing yakunlari bo‘yicha ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga nisbatan «qattiq» sanksiyalar siyosatini davom ettiradi. Vazirning so‘zlari The Hill tomonidan keltirildi.

Mnuchinning qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Rossiyaga nisbatan «qattiq» harakat qilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi hukumat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni avvalgi barcha ma'muriyatlarga qaraganda ko‘p kiritdi.

«Biz buni davom ettiramiz [Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni]», - deya aytib o‘tgan Mnuchin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid