Jahon | 08:59 / 11.01.2019
3261
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela Peruni elchixonaga hujumda aybladi

Foto: facebook.com, pgjaarreaza.ve

Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasaning ma'lum qilishicha, Peru poytaxti Lima shahridagi elchixonaga hujum uyushtirilgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

Venesuela TIV rahbarining qayd etishicha, Peru hukumati hujumga javobgar sanaladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «jinoyatchilar to‘dasi» diplomatik missiya binosiga kirgan, biroq u ular nima qilganiga aniqlik kiritmadi. Jabrlanganlar va mol-mulkka yetkazilgan zarar haqida ma'lumot ham yo‘q.

«Biz Vena konvensiyasi bajarilishini talab qilamiz», - deya xulosa qilgan vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina venesuelalik amaldorlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid