Argentina hukumati «Lima guruhi» davlatlari tomonidan Venesuelaga qarşi qabul qilingan çoralarni amalga kiritmoqda. Xususan, ular Venesueladan bölgan yuqori mansabdor amaldorlarning Argentinaga taşrifini taqiqlaydi, deya xabar beradi RIA «Novosti».
Bayonotda aytilişiça, bu çoralar Venesuelada konstitutsiyaviy tuzum va qonun ustuvorligi «buzilgani» tufayli qabul qilindi.
«Argentina hukumati xabar beradiki, Venesuela hukumati uşbu mamlakat diplomatik va xizmat pasportlari egalari uçun vizasiz kiriş töğrisidagi bitim töxtatilişi borasida xabardor etildi», - deyiladi bayonotda.
Şuningdek, bayonotda ta'kidlanişiça, venesuelalik yuqori martabali amaldorlar endi Argentinaga taşrif buyura olmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Paragvay Venesuela bilan diplomatik aloqalarni uzgandi.












