Bosh prokuratura: 343 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi mahkama matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi hududlarga chiqqan holda o‘rganilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan 216 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta'minlandi.
Mazkur tekshirishlar davomida asosiy e'tibor prezident qaror va topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslarning mas'uliyatini yanada oshirishga qaratildi.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 343 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Shu bilan birga, 144 ta tadbirkorlik sub'yektlariga 114,5 mlrd. so‘m va 281,3 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 1121 gektar yer maydoni ajratilishi hamda 126 ta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari yetkazib berilishi, 26 mlrd. so‘m, 1,9 mln. AQSh dollari va 2,5 mln. yevro miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 89 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ajratilishi ta'minlandi.
Prezident qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta'minlash borasidagi nazorat faoliyati davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:40 / 06.11.2024
Psixologik yordam ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:50 / 09.10.2024
Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
12:29 / 21.09.2024