Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Peru hukumatidan uzr so‘rashni talab qildi
Venesuela rahbari Nikolas Maduro Lima shahridagi Venesuela elchixonasiga yuz bergan hujum munosabati bilan Peru hukumatidan uzr so‘rashni talab qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Peru hukumati elchixonalarning xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Elchixonaga hujum qilish - bu umuman qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Biz Peru hukumatidan hammaning oldida uzr so‘rashni talab qilamiz», - deya ma'lum qildi u.
Avvalroq, Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa Peru poytaxti Lima shahridagi elchixonaga hujum uyushtirilgani haqida xabar bergandi.
Venesuela TIV rahbarining qayd etishicha, Peru hukumati hujumga javobgar sanaladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «jinoyatchilar to‘dasi» diplomatik missiya binosiga kirgan, biroq u ular nima qilganiga aniqlik kiritmadi. Jabrlanganlar va mol-mulkka yetkazilgan zarar haqida ma'lumot ham yo‘q.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026