Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi bozorda yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Ekiti shtatidagi bozorda yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Daily Post nashri xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, voqea Ivoroko shahri markazida sodir bo‘lgan. Voqeaga guruch ortilgan yuk mashinasining tormozi ishlamay qolganligi sabab bo‘lgan deb qaralmoqda.
Halokat joyiga politsiya va qutqaruv xizmati vakillari yetib kelgan.
"Bozor yarim tungacha ochiq bo‘ladi. Ko‘pchilik savdogarlar yo‘l chetlarida savdo qilishadi. Yuk mashinasi katta tezlikda kelayotgan bo‘lgan. O‘lganlarning ko‘pchiligi yo‘l chetida savdo qilayotganlar edi", deya voqea guvohlaridan birining so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
09:07 / 14.05.2026
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
09:05 / 21.01.2026