O‘zbekiston | 20:39 / 13.01.2019
122550
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda oylar nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Foto: Pinterest

“Adabiyot” gazetasi oylar nomini o‘zgartirish taklif qilingan maqola chop etdi.

Maqola muallifi Asror Mo‘minning fikricha, oylarning hozirgi nomlanishi milliy o‘ziga xoslikka mos emas. Jurnalistning ta'kidlashicha, oylar nomi milliy-vatanparvarlik xarakteriga ega bo‘lishi kerak.

Jurnalist oylar nomini quyidagicha o‘zgartirishni taklif qilgan: 

- yanvar - Vatan;

- fevral - Navoiy;

- mart - Mirzo Ulug‘bek;

- aprel - Amir Temur;

- may – Xorazmiy;

- iyun – Zulfiya;

- iyul – Buxoriy;

- avgust - Ibn Sino;

- sentabr – Beruniy;

- oktabr – Farg‘oniy;

- noyabr - Jaloliddin Manguberdi;

- dekabr - Avesto.

Avvalroq shunday taklif Tojikistonda bildirilgandi. Facebook’dagi tojik faollaridan biri Amrullohi Nizom shunday taklif bilan chiqqandi.

2002 yilda Turkmanistonning marhum prezidenti Saparmurot Niyozov Turkmanistonda yangi taqvim joriy qilgandi. Undagi oylar va hafta kunlari nomi milliy ruhda o‘zgartirilgandi. Biroq oylarning yangi nomlanishi o‘rnashib ketmagan va Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan 2008 yilda bekor qilingandi.

Mavzuga oid