Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Trampning tahdidlariga qaramasdan kurd jangarilariga qarshi kurashni davom ettiradi
Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramasdan Suriyadagi kurd tuzilmalariga qarshi kurashni davom ettiradi. Bu haqda Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin ma'lum qildi.
"Turkiya AQSh bizning strategik hamkorligimizni hurmat qilishini kutmoqda va unga terrorchilik targ‘iboti soya solishini xohlamaydi. IShID, Kurdiston ishchilar partiyasi, "xalq mudofaasi kuchlari" va "Demokratik ittifoq" o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Biz ularga qarshi kurashni davom ettiramiz", deb yozdi Qalin Twitter sahifasida.
"Turkiya kurdlar bilan emas, terrorchilar bilan kurashmoqda. Biz kurdlar va boshqa suriyaliklarni terrorchilik tahdidlaridan himoya qilamiz. Janob Tramp, terrorchilar sizning hamkoringiz va ittifoqchingiz bo‘la olishmaydi", deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq Oq uy rahbari agarda Amerika qo‘shinlari Suriyadan chiqib ketganidan so‘ng Anqara suriyalik kurdlarga hujum qiladigan bo‘lsa, Turkiya tanazzulga yuz tutishini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026