09:40 / 15.01.2019
11683

Osiyo Kubogi: Hindiston turnirni tark etdi, yana 3 jamoa pley-offga chiqdi

Osiyo Kubogining guruh bosqichida A guruhida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Birinchi turda Tailand ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, o‘ziga xos sensatsiya qilgan Hindiston terma jamoasi turnirni erta tark etadigan bo‘ldi.

Ikkinchi turda BAAga mag‘lub bo‘lgan hindistonliklar uchinchi turda Bahrayn bilan o‘yinda oxirgi daqiqalarda penaltidan gol o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruhda oxirgi o‘rinda qoldi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda turnir mezbonlari BAA Tailand bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Shu tariqa, BAA terma jamoasi 5 ochko bilan guruhda birinchi, Tailand terma jamoasi 4 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi. Hindistonni mag‘lub etgan Bahrayn terma jamoasi 4 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi (bahraynliklarda to‘plar nisbati yaxshi bo‘lsada, o‘zaro o‘yinda tailandliklarga mag‘lub bo‘lishgan) va uchinchi o‘rinni egallagan 4ta jamoa safiga kirib, pley-offga chiqdi.

Osiyo Kubogi
A guruhi, 3-tur
Hindiston – Bahrayn 0:1

Gol: Rashid (90 pen)
Hindiston – Gurprit Singh-Sandhu, Jingan, Subhasish Bose, Prita Kotal, Anas Edathodika (Salom Ranjon Singh, 4), Pronay Halder, Roulin Borges, Halicharan Narzari (Anirudh Thapa, 79), Ashiqi Kuruniyan (Jyejye Lalpekhlua, 46), Sunil Chhetri, Balvant Singh.
Bahrayn – Sayyid Shubbar Alaviy, Volid Muhammad Al-Hayom, Hamad Muhammad Ash-Shamson, Ahmad Ali Juma (Sami Al-Husayniy, 78), Abdulvahob Ali As-Sofiy (s), Sayyid Rizo Iso, Jamol Rashid, Ali Ja'var Madon (Muhammad Marhun, 55), Sayyyid Ziyo Sayyid, Muhammad Sa'd Ar-Rumayhiy, (Abdulla Yusuf Halol, 61), Kumayl Hassan Al-Asvad.
Ogohlantirishlar: Ash-Shamson (64), Bugammar (90).

BAA – Tailand 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Mabhut, 1:1 – 41 Puangchan.
BAA – Xolid Iyso, Ahmad Ismoil, Al-Hassan Solih, Majid Hasan Ahmad, Xalifa G‘anim, Muhammad G‘arib, Halfan Muborak (Ismoil Matar, 84), Bandar Muhammad (Muhammad Abdurrahmon, 46), Ali Ahmad Mabhut, Ismoil Al-Hammadi (Ahmad Xalil, 74), Ali Salmiyn.
Tailand – Sivarak Tedsungnen, Adisorn Promrak, Chunuonsi (Kerdkeev, 31), Bunmatxan, Txongsong, Kesarat (Anan, 90), Puangchan, Songkrasin, Krayson (Djayded, 64), Dangda, Do.
Ogohlantirishlar: Promrak (7), Solih (34), Txongsong (79).

Top