O‘zbekiston | 12:25 / 16.01.2019
7171
2 daqiqa o‘qiladi

38 ta kompaniyadagi davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi

Foto: Fotolia

38 ta kompaniyadagi davlat ulushlari kuni kecha tashkil etilgan Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlikka berilmoqda. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.

Ilgari, ushbu to‘plamlar turli vazirlik va idoralarga tarqatib tashlangandi. Masalan, «O‘zbektelekom» - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq banki - Moliya vazirligi, valuta birjasi - Markaziy bank, «O‘zagrolizing» - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Ushbu kompaniyalarning uchtasida davlat ulushi 100%ni tashkil qiladi - «O‘ztreyd», «O‘zsanoateksport» va «Toshshahartransxizmat». Eng kam ulushi «O‘zagrolizing»da - 0,9%. Ko‘pgina kompaniyalarda (22) davlat aksiyalarning 50% va undan ko‘pini nazorat qiladi.

Islohot doirasida xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan banklarda davlat ulushi o‘rtacha 40 foizni tashkil etadi. Masalan, «Agrobank»da 37,9%, «Asaka bank»da - 21,6%, «Ipoteka-bank» - 22,5%, «Mikrokreditbank» - 34,4% va hokazo. Hujjatda keltirilgan banklar orasida davlatning eng kichik ulushi «Aloqa Bank» (6,2%) hamda «Turon bank»da (6,5%).

Davlat raqobat qo‘mitasining huquqiy vorisi bo‘lgan agentlik uning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan, kompaniyalarda davlat ulushlarini sotish huquqiga ega bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident va bosh vazirga bo‘ysunishi belgilangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid