Hindistonda ho‘kizlarni “jilovlash” bo‘yicha musobaqalarda 70 ga yaqin kishi jarohat oldi
Joriy haftada Hindistonning Tamilnad shtatida Pongal hosildorlik bayramini nishonlash vaqtida 70 kishi jarohat oldi.
Ma'lum qilinishicha, gap “hind korridasi” – Jallikattu haqida ketmoqda. Bunda ho‘kizlarni jilovlash bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Bu an'ana kamida 2,5 ming yillik tarixga ega.
Tamilnad shtati rahbariyatining ma'lum qilishicha, bayramning dastlabki ikki kuni 50 ga yaqin kishi, 16 yanvarda esa yana 19 kishi jarohat olgan.
Jallikattu ispan korridasidan farqli ravishda, insonning ho‘kiz bilan jangi emas, balki aynan uni jilovlashdan iborat. Bu an'ana mamlakatning turli hududlarida turlicha o‘tkaziladi, biroq ularning maqsadi bir: musobaqada ishtirok etayotgan erkak ho‘kizning ikki shoxidan ushlab olib, unda ma'lum vaqt tura olishi yoki ho‘kiz bilan muayyan masofani bosib o‘tishi kerak. Ho‘kizlar alohida usulda boqiladi: birinchidan, ular kuchli va yirik bo‘lishi uchun maxsus diyeta bo‘yicha boqiladi; ikkinchidan, buzoqlarning odamlar bilan kamroq aloqa qilishi ta'minlanadi. Bu esa ho‘kizlar insonga o‘rganib qolmasligi va o‘z oldiga odamlarni yaqinlashtirmasligi uchun amalga oshiriladi.
Odatda, ho‘kizlar to‘g‘ri olomon ustiga qo‘yib yuboriladi va shu tariqa istalgan “dovyurak” kishiga ho‘kizni minib olish imkoni beriladi. Gohida vazifani murakkablashtirish uchun ho‘kizlar ko‘ziga garmdori otib, dumlarini siqib yoki shoxlarini egovlab quturgan holatga keltiriladi.
Mavzuga oid
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024