O‘zbekiston | 12:38 / 16.01.2019
8455
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Germaniyaning 100 million yevrolik ko‘p tarmoqli klinikasi barpo qilinadi

O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, jumladan, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

«14 yanvar kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolangani ham fikrimiz isbotidir.

Shular qatori sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida Germaniyaning «OPASCA», «Fresenius Vamed» hamda «Dautrus Capital» kabi nufuzli kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan qator istiqbolli loyihalarni alohida ta'kidlash joiz.

Jumladan, O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda germaniyalik hamkorlar bilan poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida ko‘p tarmoqli klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi. Loyihaga 100 million yevro miqdoridagi investitsiya jalb etiladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Keyinchalik viloyatlarda ham Germaniya texnologiyasi asosida ishlaydigan shunday ko‘p tarmoqli klinikalar ochilishi rejalashtirilgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid