O‘zbekiston | 11:23 / 16.01.2019
5957
7 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati Xiva tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “ 2019-2020 yillarda Xorazm viloyati Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, kelgusida, Xiva tumani markazining chegara hududlari, jumladan avtomobil yo‘llari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiya ta'minoti, kanalizatsiya, aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek istirohat bog‘i, ko‘p qavatli bino va inshootlarning joylashuvini belgilash hamda tuman hokimligiga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish va boshqa zarur binolar qurilishi uchun talab etiladigan moliyaviy mablag‘lar hisob-kitobi bo‘yicha manzilli takliflar qabul qilingan.

Xorazm viloyati bo‘ysunuvidagi Xiva tumanining yangi markazini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanishi mumkin.

Respublika komissiyasi (Ramatov), Qurilish vazirligi (To‘xtayev), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Qo‘chqorov), Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov)larga Xiva tumanining markazi qilib Shomoxulum hududidan jami 162,0 gektar yer maydoni chegaralarini belgilab, ajratib, Bosh rejasini ishlab chiqish topshiriladi.

Markazga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning binolarini, dam olish maskani va istirohat bog‘i, amfiteatr, tadbirkorlik sub'yektlarini joylashtirish va ularni moliyalashtirish tasdiqlanadi.

Xiva tumanini 2019-2020 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiya loyihalarining yig‘ma jadvali va manzilli ro‘yxati;

ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obektlari hamda boshqa yo‘nalishdagi obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar;

yo‘l transport va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;

irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, Dastur doirasida:

ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari markazlashgan manbalar;

servis va bozor infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari tegishligiga ko‘ra buyurtmachilar va obekt egalarining o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklarining kreditlari;

ichimlik suvi, oqava suv tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish, shuningdek hududlarning sug‘orish tizimlarini yaxshilash va yer osti suvlari sathini pasaytirish ishlari Orol bo‘yi jamg‘armasi mablag‘lari;

avtomobil yo‘llarini (mahalliy va ichki) qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash (piyodalar yo‘laklari va velosipedlar uchun maxsus yo‘laklarni qurish ishlarini ko‘zda tutgan holda) ishlarini Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;

elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va ko‘chirish ishlarini bajarish tegishligiga ko‘ra “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari;

yo‘l-qurilish ta'mirlash ishlarini bajarish natijasida buzilishga tushadigan turar va noturar joylarga kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;

Xiva tuman markazini tashkil qilinishida davlat ehtiyojlari uchun yo‘l chegaralaridan tashqarida joylashgan hududda buziladigan turar joylar uchun boshqa joydan yer o‘rni ajratiladi.

Shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarni ham jalb etish mumkin.

Qurilish vazirligi (To‘xtayev) tuman hokimligiga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish, dam olish maskani va istirohat bog‘i, amfiteatr qurilishi yuzasidan zamonaviy tipdagi iqlimga mos holatda batafsil rejalashtirilgan loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi.

“O‘zbekneftegaz” AJ (Ashrafxonov) Xiva tuman markazi joylashgan hudud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 iyuldagi “Xorazm viloyati iste'molchilarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 193-sonli qaroriga tushganligini inobatga olib, hududni tabiiy gaz bilan ta'minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (Haydarov), “O‘zoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi (Jalilov), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Xorazm viloyat hokimligi (F.Ermanov) bilan birgalikda Xiva tumani aholisining bandligi va turmush darajasini izchil oshirishni ta'minlash maqsadida to‘qimachilik tikuv-trikotaj, go‘sht, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishidagi korxonalarini tashkil qiladi.

Qishloq xo‘jalik vazirligi (Yusupov), “O‘zsharobsanoat” AJ (Mustafoyev), Xorazm viloyat hokimligi (F.Ermanov) suv tanqisligi mavjud hududlarda tomchilab sug‘orish texnologiyasi asosida intensiv yarim pakana bog‘, uzumzorlar yaratish bo‘yicha bog‘dorchilik klasterlarini tashkil qiladi.

Qishloq xo‘jalik vazirligi (Yusupov), “Parrandasanoat” uyushmasi (Abdurazzoqov), Xorazm viloyat hokimligi (F.Ermanov) bilan birgalikda tumanning Qoraqum barxanlari atroflarida joylashgan hududlardagi ekin maydonlaridan chorvachilik, parrandachilik sohalari bilan shug‘ullanuvchi to‘liq tizimli ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan chorvachilik va parrandachilik klasterlarini tashkil qiladi.

Respublika komissiyasi (Ramatov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne'matov), Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Xiva tumanining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida tabiiy va sun'iy ko‘llar joylashgan hududlarda xorij tajribasidan foydalangan holda baliqchilik sohasida to‘liq tizimli ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterini tashkil qiladi.

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi (Abdullayev) Xiva tumani markaz chegaralarini belgilash munosabati bilan belgilangan tartibda yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va Xorazm viloyati hokimi F.U.Ermanov zimmasiga yuklatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid