Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishini ma'lum qildi
AQSh kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Maykl Makkol so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vetnamda ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Makkolning aytishicha, u bu masala bo‘yicha Janubiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi elchilar bilan uchrashgan.
«Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi katta ehtimol bilan Xanoyda bo‘lib o‘tadi», - dedi Makkol.
AQSh va KXDR birinchi sammiti 2018 yil 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, mamlakatlar yetakchilari qo‘shma bayonotni imzolashdi, unda Shimoliy Koreya yadrosizlanishga tayyor ekani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga maktub yuborgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026