O‘zbekiston | 14:44 / 17.01.2019
41773
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya sport maktabiga qabul tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanaliga ko‘ra, mazkur qaror bilan Milliy gvardiyaning Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu sport maktabi o‘quvchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan ta'minlash normativlari tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilarning kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat bo‘ladi hamda ta'lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.

Sport maktabiga 18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar qabul qilinadi.

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

• sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;

• kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallagan sovrinli o‘rinlarning (1-3-o‘rinlar) mavjudligi. 

Sport maktabiga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Mavzuga oid