Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otabek Murodov Pak Sang Gi bilan uchrashdi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Otabek Murodov Koreya Respublikasi adliya vaziri Pak Sang Gi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta'kidlandi.
Suhbatdoshlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Ushbu hujjatning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini yangi bosqichga ko‘taradi.
Koreya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligi qayd etildi.
Mavzuga oid
19:07 / 14.02.2026
Japarov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
17:36 / 07.02.2026
Prezident tanqididan so‘ng prokuraturada bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi
15:03 / 08.01.2026
Prokuratura xodimlari kuni: prezident tabrigi o‘qib eshittirildi, mukofotlar topshirildi
11:23 / 08.01.2026