Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon hisobotida yangi turdagi tahdid haqida ma'lum qilinadi
Pentagonning raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi hisoboti «gipertovushli tahdid» to‘g‘risidagi bandni ham nazarda tutadi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Prezident ma'muriyatining vakili qayd etishicha, yangi hisobot «atrofdagi muhitga reaksiya bildirish» uchun mo‘ljallangan.
«[Zamonaviy dunyoda] nafaqat ballistik raketalar xavfi, balki qanotli raketalar hamda gipertovushli kabi eng so‘nggi turdagi qurollar tahdidi ham mavjud», - dedi vakil.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh harbiy mahkamasi Qo‘shma Shtatlar javob berishi kerak bo‘lgan tahdidlar ro‘yxatini kengaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026