Jahon | 07:40 / 18.01.2019
6556
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada jip bilan amalga oshirilgan terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Kolumbiya poytaxti Bogotadagi kadetlar maktabida sodir etilgan portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi yaralandi. Bu haqda Heraldo nashri xabar berdi. 

Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan jip 17 yanvarda maktab oldidagi xavfsizlik postini yorib o‘tib, maktab hududiga kirib portlagan. Kolumbiya mutasaddi idoralari mashinani 56 yoshli Xose Aldemar Roxas boshqarganini o‘rnatishgan. U o‘lgan, uning bu harakatlariga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. 

Hozircha 4 jasadning shaxsi o‘rnatilgan.

Tiempo portalining ta'kidlashicha, terrorchining Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari va Milliy ozodlik armiyasi isyonchi guruhlariga aloqador bo‘lishi mumkinligi tekshirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid