Hasan tabib «mutlaq tabibmi» yoki?.. KUN.UZ suriştiruvi
|15:40 / 19.01.2019231 27913 min
Xalq tabobati yurtimizda uzoq tarixga borib taqaladi. Uning rivojlanişi, şakllanişi uçun köplab ajdodlarimiz öz umrlarini baxşida etgan. Çunki, tabibning qöygan har bir taşxisi, muolaja olib boriş tartibi bir insonning va uning atrofidagi yaqinlarining taqdiriga ta'sir körsatadi.
Sönggi vaqtlarda xalq orasida maşhur bölib ketgan, katta qiziqişlar bildirilayotgan şaxs bu – Hasan tabibdir. Bu şaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali köpçilikka ma'lum. Xöş, aslida u kim özi? Odamlarning pulini şilişni öziga kasb qilib olgan firibgarmi yoki ğayritabiiy kuçga ega noyob tabibmi?
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Hasan tabib» «makoni»ga taşrif
Bunday savollarga javob topiş maqsadida Hasan tabibning «muolajasi»da qatnaşdik. Andijon viloyati, Şahrixon tumaniga yetib borgunimizgaça bu şaxs biz uçun «Hasan tabib» edi. Tumanga yetib borganimizdan söng, u «Hasan domla»ga aylandi.
Odamlardan Hasan domlani sörab-suriştirib, uning makonini topib bordik. Borganimizda odamlar «u kişi endi öqişni boşladilar, kirsanglar ulgurasizlar», deb aytişdi. Hovliga 100 çoğli kişi yiğilgan edi. Bu vaqtda Hasan domla qiroat qilayotgan ekan. Yiğilganlar bilan suhbatlaşib kördik.
Bemorlardan aniqlaganlarimiz quyidagilar:
1) bemorlar respublikaning turli çekkalaridan kelgan (Surxondaryo, Jizzax, hattoki Qoraqalpoğistondan ham)
2) bemorlarning kasalliklari turli xil. Jigar sirrozi, miya ösimtasi, bel çurrasi, qandli diabet, ruhiy xastaliklar, bepuştlik va hokazo.
3) bemorlarning köpçiligi tibbiy davolanişdan umidini uzganlar yoki işonmaydiganlar.
Taşxis va muolaja
Mavzuga oid
Qiroatdan söng, Hasan domla öz «seans»larini boşladi. Avval eski mijozlar birrov tekşirilarkan (soğayiş jarayoni qanday ketayotgani böyiça). Bu muolaja qimmat emas, atigi 1000 söm. Keyin taşqariga yangi kelganlar «saf» tortadi. Ular obdon tekşiriladi. Tekşirib taşxis qöyiliş jarayonini köpçilik ijtimoiy tarmoqlarda körgan bölsa kerak. Yangilar uçun taşxis tölovi - 5000 söm. Tajriba maqsadida biz ham bu «seans»da qatnaşdik. Avvaldan taxmin qilganimizdek, bizning ham bir neça joylarimiz «şum» bilan işlayotgan ekan (mendan oldingi bemor ham, undan oldingi bemor ham va undan oldingisi ham şunday holatda ekan).
Taşxislar qöyildi, endi muolaja va davolaniş qanday bölar ekan deb qiziqdik. Yuqoridagi taşxis uçun ma'lum vaqt xandon pista çaqişimiz, avval katta kosada, söngra kiçikroq piyolada asal suv içişimiz lozim ekan (barça bemorlarga bir xilda davolaniş, kasalidan qat'i nazar).
«Mutlaq tabib» maqomi va mahalla daromadi
Hasan tabib yiğilib turganlarga asal, xandon pista va qora nöxatni köçadan yoki bozordan emas, yon qöşnisidan olişni tavsiya qildi. Bunga sabab sifatida, bu mahsulotlarga şaxsan özining nazorati örnatilganini iddao qildi.
Faoliyatining qonuniyligini esa hammaga qörqmasdan, baralla aytaverişi odamlarda şubhaga örin qoldirmas ekan.
«Seans»larga kiriş oldidan darvoza boşidagi kişilarni savolga tutgan böldik. Hasan tabibning ixtisosligi qaysi yönalişlar ekanligini söragan edik, qiziq javobga duç keldik: «Hasan tabib «mutlaq tabib» hisoblanadi. U barça kasalliklarni davolaydi».
«Seans»lardan qaytib çiqsak xuddi öşa odamlar bizga davolaniş uçun yotoq joy taklif qilişdi. Köpçilik bilan yotamiz desangiz, bir kişi uçun narx 15 ming söm atrofida, alohida xonalar uçun esa 50 mingdan 100 ming sömgaça ekan. «Mutlaq tabib» odamlarni davolaş bilan birga mahalla ahliga ham daromad keltirayotgani «tahsinga sazovor».
Mutaxassis fikri
«Mutlaq tabib»ning «muolaja»laridan söng, tibbiyot sohasida maxsus malaka va bilimga ega mutaxassis, Şahrixon tuman tibbiyot birlaşmasi boş koordinatori Sodiqjon Fattoxov bilan suhbatlaşdik.
«Hozirgi kunda kasallikni aniqlab, töğri taşxis qöyiş uçun kerakli jihozlarga egamiz. Misol uçun, miokard infarkti uçun bemor qon tahlili, EKG qilinadi va taşxis tasdiqlanadi. Oddiy misol, siydik-toş kasalligi asoratlaridan biri toş köçib qolsa buyraklarda dimlaniş böladi. Qorin devori ta'sirlanadi va oğriq kuçli böladi. Davolaş juda oddiy. UZI qilinadi va oddiy preparatlar aytiladi. Spazmlar qöyib yuboriladi. Malakali tabiblar bunday vaqtda nima qilişni bilişadi. Darrov farqlay olişadi va şoşilinç tarzda şifoxonaga jönatadi. Uyda olib ötirmaydi.
Şahrixon tuman tibbiyot birlaşmasi boş koordinatori Sodiqjon Fattoxov
Ba'zi bir keçiktirib bölmaydigan kasalliklar bor. Misol uçun, infarkt, insult va şunga öxşaş boşqa kasalliklarda darrov şifoxonaga olib boriş talab etiladi. Surunkali kasalliklarda esa ma'lum bir giyohlar bilan davolasa böladigan holatlar bor. Bunday kasalliklarni ilmi bor tabiblar davolay olişadi.
Har bitta bemor davolaniş jarayonida individual baholanadi. Kasalliklarni davolaşda ham ularning klassifikatsiyasi turliça. Yuqumli kasalliklarda davolaniş boşqaça, nafas oliş tizimi yalliğlanişi kasalliklarida davolaniş mutlaqo boşqaça hisoblanadi. Har bir kasallik böyiça individual yondaşiş zarur. Tibbiyotda yönalişlariga qarab turli xil şifokorlar mavjud. Hazm qiliş tizimi böyiça gastroenterolog, yurak-qon tomir kasalliklari böyiça kardiolog va hokazo. Organizm murakkab tuzilgan -davolaş ham şunga yaraşa qiyin böladi.
Hasan domla haqida eşitganmiz. Özini «tabib» deb e'lon qilgan. Uning davolaşlari tibbiyot standartlariga töğri kelmaydi. Çunki, davolaş uslubi hammaga bir xil. U yerga har xil kasalliklardagi bemorlar boradi. Somatik-yuqumli, ruhiy kasalliklar bilan boradigan bemorlar bor. Masalan, ruhiy kasalliklarga asal töğri kelmaydi. Qandli diabetning ikkita turi mavjud. Bu ikki turida ham qonda uglevod miqdori oşib ketadi. Asal uglevoddan tarkib topgan.Demak, bu mutlaq mumkin emas degani.
Ba'zilar şifo topişmoqda deyişadi. Ixlos bilan borsa, balki ma'lum guruhdagilar sal yengil tortişi mumkindir. Bu bir şirin söz bilan, işonç beriş bilan ham bölaveradi. Lekin, çuqur turdagi kasalliklarga foyda bermaydi.
Lisenziya masalasi tabiblarga Respublika Tabobat akademiyasi tomonidan hal etiladi. Hasan tabibning esa na guvohnomasi, na litsenziyasi bor», deydi şifokor.
«Xalq unga işonganiga hayronman». Tabobat akademiyasi izohi
Toşkentga kelib, bu sohaning asl egalari bölmiş Xalq tabobati akademiyasi rahbarlari bilan uçraşdik. Bu dargohda bizni akademiya boşqaruv raisi Mehri Nuruzova kutib oldi.
Xalq tabobati akademiyasi boşqaruv raisi Mehri Nuruzova
«Ikki yil oldin bir fan nomzodi keldi. Men nevaramni ikki oy şu Hasan tabibda davolatdim, deydi. Baraka topgur. Siz fan nomzodi, men fan nomzodi. Qanday qilib bunday joyga ikki oyga nevarangizni qöyib qöydingiz dedim. Aytarli özgariş bölmagan.
Biz 22 yil tabobatni yuzaga çiqaramiz deb kuyunib turgan vaqtimizda bundaylar köpayib ketgani odamga alam qiladi. Olotda bir tabib çiqqan edi. U odam oldin qabr bölgan joyni olib, öşa joydagi daraxtning atrofida bemorlarni aylantirar edi. U tabibni örganiş uçun 4 kun öşa joyda böldim. Keyin körganlarimni tegişli joyga yetkazganimdan söng, unga çora körişdi.
Marhum Muhammadjon Hamroyev (akademiyaning sobiq raisi) 1996 yilda bu taşkilotni taşkil etgan. U kişi sohaga butun umrini berdi. Çunki, bu juda mas'uliyatli iş, zimmangizga olganingizdan keyin işlaş kerak. Bu pul uçun qilinadigan iş emas. Öşa tabib pulni topyapti. Eng alam qiladigani undan köra, unga işonayotgan xalq aybdor. Bu ahvolga ularning saviyasizligi sabab. Qanday qilib borgan odamning boşiga qölini qöyib saraton deydi? Unga asal bersa, yana boşqa narsalar bersa. Bu nima degan gap? Qaçongaça bu xalq aldanib yuradi?
Biz bundaylar orqasidan juda köp azob tortdik. Hozirgaça şunday ilmsizlar ming xil nağma körsatib yurişibdi. Şu paytgaça qonun yöq hisobda edi. Ya'ni, rağbatlantiriş ham yöq, javobgarlik ham yöq edi. Bundaylar nima qilsa qilib yuraverar edi. Endi bu soha ham tartibga solinmoqda.
Lisenziya masalasida oçiq aytişim mumkin. Şu paytgaça tabobatda heç kimga heç qanaqa litsenziya berilgan emas. Bizda reyestr yuritilgan. Buning uçun bir neça hujjatlarni söraymiz. Biz birinçi bölib söraydiganimiz – bu insonning ilmi qanaqa?
Doim aytamiz, tabib mijoz ta'limotini bilişi kerak. Ta'limotni bilgan tabib anatomiyani biladi. Ya'ni, har bir inson özining mijoziga ega. Hammada bu har xil böladi.
7-8 oydan beri öşa joylarda yotgan odamlar haqida bizda ham ma'lumotlar bor. Qöşnilari öz uylarini berişayotgan ekan. Çunki, u öşa yerliklarni moddiy ta'minlamoqda. Sanitariya-gigiyeniya tomonidan öşa joylar talabga javob bermaydi. Tabobat bölgani bilan biz ham oldimizga kelganlardan joylari böyiça CanEpidemMarkazning xulosasini talab qilamiz. Tozalik birinçi darajada bölişi kerak. Infeksiya bölgan, tozalik bölmagan joyda qanaqa tabobat bölsin? Bir xonada 20 odam yotsa, 20 xil infeksiya böladi. Şuningdek, tabobatda heç qaçon heç kim 300-400 odamni yiğib olib taşxis qöygan emas. Birma-bir tekşirib taşxis qöygan. Tabobatda 400-500 odamga qölini tekkizmay taşxis qöyiş emas. Eng açinarli jihat, xalqimiz şunga işonişi, beparvo munosabatda bölişidir. Şundaylar borki, kelib bizdan talab qiladi. Hujjat ber, deydi. Men hamma narsani qilaman, uç kunda saratonni yoki qand kasalini davolayman, deydi. Lekin bu kasallikni bilmay turib qanday tuzatiş mumkin? Biz 20 yildan beri bu kasalliklar bilan işlaymiz. 20 yilda bu kasallik bilan oğriyotgan 20 xil bemor keldi desam, töğri böladi. Çunki, hammada kasallik har xil keçadi. Bunday kasallarga asal beriş mumkin emas. Şu bilan birga, qandli diabet bilan oğriyotganlarni har kuni tekşirib turiş kerak. Bemorning yoşi, jinsi, holati alohida tekşirib boriladi.
Asalning şifobaxşligi köp, lekin bu ham hammaga turliça ta'sir qiladi. Asal mijozga qarab iste'mol qilinadi. Agar mijoz issiq bölsa, sovuq mijozga bergan bir oş qoşiq asal uning burnidan qon keltirib, issiqligini oşirib yuborişi mumkin-ku? Hayronman, şunça odam körib turibdi, şunça huquqşunos qayoqqa qarayapti, bilmayman.
Masalan, "Uç uyğunlik" degan kitob. Bunda, tib, din va ilohiyat uyğunligi aytiladi. Insonda avvalo iymon bölişi kerak. Iymon bölmasa uning ruhini kötariş mumkin emas.
Davolaşda tan oliş kerak, öqib davolaş bor. Ilohiy kuçga hammamiz işonamiz, lekin buni bajaradigan öz odamlari bor. Arab davlatlarida şunday mutaxassislar mavjud. Ular haqiqiy muqaddas Qur'ondagi şunday suralarni bilişadi. Bunday tabiblarda esa quruq gap. Yomon tarafi, şundaylar sababli tabobatga ertaga odamlarda işonç qolmaydi. Bizga işonç qolmaydi. Odamni davolaş oson iş emas, katta bilim talab qiladi. Şu yerdagi şunça kitob bu bir qismi, xolos», deydi akademiya raisi.
Tajribali mutaxassislarning fikrlarini tinglab xulosa çiqariş har kimning öziga havola, albatta. Tabibning faoliyati qonun doirasidami yoki aksinça? Bu savolga huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan aniqlik kiritilsa maqsadga muvofiq bölar edi. Biz esa avvalo, heç qaçon soğliğingizni yöqotmang deb qolamiz.
KUN.UZ xalqimizga doimo soğliq va salomatlik tilaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi