Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika muhojirlarni to‘xtatish uchun “hech narsa” qilmayotganini bildirdi
Foto: REUTERS / Leah Millis
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika Amerikaga o‘tishga urinayotgan muhojirlarni to‘xtatish uchun “hech narsa” qilmayotganini bildirdi.
Avvalroq Markaziy Amerika mamlakatlaridan yuzlab muhojirlar AQShga yo‘l oladigan navbatdagi karvonni tashkil qilish uchun Gvatemala va Meksika chegarasidan o‘tishgandi. Meksika muhojirlarga besh kunlik “gumanitar” viza berib, ularning mamlakat hududida bo‘lishlariga ruxsat beryapti.
"Meksika allaqachon shakllangan va Qo‘shma Shtatlarga yo‘l olgan karvonni to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti. Biz so‘nggi ikki karvonni to‘xtatdik”, deb yozdi Tramp Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarada devor bo‘lmas ekan, muhojirlarni to‘xtatish oson bo‘lmaydi.
Tramp hozirda devor qurilishiga mablag‘ ajratilishi uchun demokratlar bilan kurashga kirishgan. Budjet tasdiqlanmaganligi sababli deyarli bir oydan buyon federal vazirliklarning chorak qismi qisqartirilgan grafik bo‘yicha ishlayapti, 800 mingga yaqin xodimlar esa maosh olmadi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026