Uran qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha alohida kompaniya tashkil etilmoqda
O‘zbekistonda uran qazib chiqarish va qayta ishlash bilan “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish orqali tuziladigan alohida davlat korxonasi shug‘ullanadi. Bu prezident qarori bilan tasdiqlangan.
Financial Times ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda uran ishlab chiqarish bo‘yicha yettinchi o‘rinda turadi. 2017 yilda O‘zbekiston AQShga uranni U3O8 ekvivalentida 2,15 million funtga sotgan. Bu AQShning barcha uran importida beshinchi ko‘rsatkich.
2018 yilning birinchi olti oyida O‘zbekiston 106 million dollarlik uran sotdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston urani eng arzonlaridan biri hisoblanadi - U3O8 ekvivalentidagi bir funt uchun o‘rtacha narx 37,7 dollar. Bu borada faqat Rossiyada arzonroq - bir funt uchun 31,5 dollar. Misol uchun, Qozog‘iston 38,3 dollardan, Kanada - 40,6, Avstraliya esa 42,4 dollardan sotadi.
FT fikriga ko‘ra, o‘z uranining mavjudligi O‘zbekiston oldida yadro energetikasidagi keng imkoniyatlarni ochadi, uni AES qurilishi orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
13:20 / 19.09.2024
Sanksiyalar chetlab o‘tilishi: AQSh Xitoydan uran importini tekshiryapti
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
10:05 / 12.09.2024