Özbekiston Respublikasi prezidenti “Kon-metallurgiya tarmoği korxonalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilanişiça, kon-metallurgiya tarmoğining yirik korxonalari:
a) 2019 yil yakunidan boşlab:
moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil taşqi auditni ötkazadi;
aktivlarni sotiş rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanişi, şuningdek xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boşqa körsatkiçlar darajasi böyiça minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi;
b) 2020 yil yakunidan boşlab:
Hisob va hisobot böyiça xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oşkoralikni tatbiq etadi;
Global taşabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlarni, şu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar böyiça çop etadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uran qazib çiqariş va qayta işlaş böyiça davlat korxonasini hamda qimmatbaho metallar qazib çiqariş va qayta işlaş böyiça aksiyadorlik jamiyati şaklidagi korxonani taşkil etiş orqali “Navoiy KMK” DKni qayta taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.












