Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Financial Times: AES qurilishi O‘zbekistonga nufuzli klubga kirish imkonini beradi
AES qurilishi O‘zbekistonga nufuzli klubga qo‘shilish imkonini beradi, deya yozmoqda Financial Times «O‘zatom» agentligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudovga tayangan holda.
Nashrning eslatishicha, jahonda uran ishlab chiqarish bo‘yicha eng yetakchi davlatlardan biri hisoblanuvchi Qozog‘iston SSSR davrida Semipalatinsk poligonidagi yadro sinovlar ekologik oqibatlarini eslatib turgan jamoatchilikning noroziligi sababli yangi yadro reaktorlarini deyarli ishga tushirmayapti.
Ammo dunyoda uran ishlab chiqarish bo‘yicha yettinchi o‘rinda turgan O‘zbekiston yadro energetikasini «nufuzli klub»ga o‘tish sifatida ko‘rmoqda.
«Biz tinch atom energetikasi mamlakatlari klubiga qo‘shilamiz. Bu nufuzli klub. Bu mutlaqo yangi daraja, munosabatlarning boshqacha turi, yangi texnologiyalar, ilm-fan va ta'limning rivoji», - dedi Mirzamahmudov nashrga bergan intervyusida.
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yi hududlarini o‘rganish markazi ilmiy xodimi Stanislav Pritchin ham shunday fikrda. Uning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston mintaqada o‘z AESiga ega bo‘lgan birinchi mamlakatga aylanadi. Uning fikriga ko‘ra, AES paydo bo‘lishi nafaqat mamlakat obro‘sini mustahkamlaydi, balki bir qator muammolarni hal qiladi.
«O‘zbekistonga elektr energiyasi kerak. Mamlakat ko‘pincha gaz tanqisligiga duch keladi, AES esa bu muammoni hal qiladi. Qudratli mintaqaviy kuchga aylanish va investorlarni jalb qilish uchun respublikaga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishi kerak», - deya qayd etib o‘tdi Pritchin nashrga intervyusida.
O‘zbekiston o‘zi uran qazib olishi tufayli atom energetikasi foydasiga tanlov amalga oshirildi, boz ustiga, bu eng arzon energiya manbalaridan biri.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston ko‘mir, gaz, neft va gidroelektr energiyaga bog‘langan, ammo bu 2030 yilga borib gidroelektr stansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan energiyani ikki barobarga oshirish rejalarini hisobga olgan holda ham, ortib borayotgan talabni qondirishga yetmaydi.
Taxminlarga ko‘ra, AESga energetik muvozanatning 15 foizga yaqini to‘g‘ri keladi, bu hattoki talab o‘sha vaqt kelib ikki barobarga o‘sadigan bo‘lsa ham (shu kutilyapti), barqaror energiya ta'minotini beradi.
FT’ning Mirzamahmudovga tayangan holda yozishicha, O‘zbekiston quyosh va shamol energetikasini ham rivojlantirish niyatida, ammo ularning hissasiga mamlakatdagi barcha ishlab chiqariluvchi energiyaning qariyb 3%i to‘g‘ri keladi. Raqamning bu qadar kichikligiga asosiy sabab - qayta tiklanadigan manbalar yetarli darajada barqaror emasligi.
AES qurilishi 2022 yilda boshlanadi, ishga tushirish esa 2028 yilda ro‘y beradi. Ikkinchi reaktor shundan 18 oy o‘tib ishga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz muxbiri «Rosatom» bosh direktori birinchi o‘rinbosari bilan eksklyuziv intervyu uyushtirgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026