Bojxona organlarida majburiy xizmatni o‘tash borasidagi nizom tasdiqlandi
“Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutini Davlat budjeti va Davlat bojxona qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan tamomlagan va majburiy xizmat o‘tash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Nizomga muvofiq, kursant o‘qishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy xizmat o‘tashga majbur.
Kursant o‘qishga kabul qilinishi bilan DBQ o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan keyin besh kalendar yili mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmat o‘talishi haqida shartnoma tuziladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan kursant kursantlar safidan chiqariladi.
O‘qish uchun sarflangan mablag‘lar bir o‘quv yili uchun, kalendar yil hisobida kursantlar safidan chiqarilgan (xizmatdan bo‘shatilgan) sanada amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida undiriladi.
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, kursant (xodim):
• davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tagan bo‘lsa, tegishli DBQning tarkibiy tuzilmalari;
• boshqa davlat idoralarida xizmatni o‘tagan taqdirda DBQ tomonidan hisoblanadi.
Kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa, o‘qishga sarflangan mablag‘lar:
• to‘rt yillik o‘qish davrining kursantlar safidan chiqarilgunga qadar bo‘lgan davriga;
• besh yillik majburiy xizmatni o‘tamagan davriga nisbatan mos ravishda undiriladi.
O‘qish uchun sarflangan mablag‘lar xizmatdan bo‘shatish haqida buyruq imzolangan sanadan boshlab 30 kalendar kun ichida qoplanishi lozim.
Belgilangan muddatda qoplanmagan mablag‘lar sud orqali undiriladi.
Qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lagan xodim xizmatga tiklangan yoki qayta qabul qilingan taqdirda undan undirilgan pul mablag‘lari to‘liq qaytariladi.
Quyidagi hollarda kursantga sarflangai mablag‘lar qoplanmaydi:
• kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e'lon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kunidan boshlab;
• kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat o‘zgarishlari sababli bo‘shatilganda;
• kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan taqdirda.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024