Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritdi
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, qaror O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 oktyabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 iyuldagi 206-son bilan tasdiqlangan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasining “Tarif koeffitsiyentlari” ustunidagi “2,476”, “2,725”, “2,998” raqamlar tegishli ravishda “2,847”, “2,997”, “3,148” raqamlar bilan almashtirildi.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xo‘jalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berildi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
23:06 / 29.11.2025
Mobil operatorlar narxlarni oshirmoqda. Soliq imtiyozi kamlik qildimi?
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025