Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dyson kompaniyasi asoschisi eng boy britaniyaliklar reytingida yetakchi bo‘ldi
Changyutkichlar ishlab chiqaruvchi Dyson Ltd. kompaniyasi asoschisi Jyeyms Dayson Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi bo‘ldi, deb xabar berdi Blumberg agentligi.
Dayson Ineos kimyo xoldingi egasi, 13,1 milliard dollar boyligi bo‘lgan Jim Redkliffni birinchi pog‘onadan tushirib yubordi.
Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yil boshidan buyon Daysonning boyligi 4,52 milliard dollarga o‘sgan.
Kompaniya 2018 yil yakunlariga ko‘ra, 1,1 milliard funt sterling (1,4 milliard dollar) daromad topgan.
Hozirda Daysonning boyligi 13,8 milliard dollar deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026