Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligi muqaddam sodir etilgan yirik jinoyatlardan bir nechtasini fosh etdi
2019 yil 10 yanvardan 20 yanvarga qadar bo‘lgan vaqt davomida avval qayd qilinib, ochilmay qolgan jinoyatlardan 54 tasi fosh etildi. Ular o‘g‘irlik, talonchilik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlardir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAVBAB xabar qilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 2018 yil 25 noyabr kuni noma'lum shaxs “Nafis stoma servis” mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli stomatologiya binosiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, u yerdan shu tashkilot rahbariga tegishli bo‘lgan 27 mln 400 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi hech qayerda o‘qimaydigan 17 yoshli Sh.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Shuningdek, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2018 yil 18 sentabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil mart oyida Chilonzor tumanida yashovchi U.I. “Sergeli ixtisoslashgan avtomashina bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyat hududida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi G.R.ga tegishli narxi 8 000 AQSh dollari bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani pulini bo‘lib berish sharti bilan 13 000 AQSh dollariga ijara sifatida kelishib, avtomashinani olib ketgan va shu kunga qadar pullarni bermay avtomashinani qaytarib bermaganligi ko‘rsatilgan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida U.I. qo‘lga olingan.
2018 yil 4 dekabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi M.Q. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 3 dekabr kuni noma'lum shaxs Rudakiy ko‘chasi 86-uy oldida unga avtomashina olib berishlikni aytib, uning ishonchiga kirib, 2 200 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni qaytarib bermaganligini ma'lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sirdaryo tumanida yashovchi I.K. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 2018 yil 19 oktabr kuni noma'lum shaxs “Arsif Agro” mas'uliyati cheklangan jamiyatga tegishli savdo do‘koniga eshik oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan umumiy qiymati 21 293 010 so‘mlik 16 dona turli xildagi mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Quvasoy shahar “Arsif” MFYda yashovchi D.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026