Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma saratondan ham xavfliroq “kasallik” haqida so‘zladi
Xitoyning Alibaba Group internet-xoldingi asoschisi va rahbari Jyek Ma biznesni yuritish va xodimlarni ishga olishdagi o‘z qarashlari haqida so‘zlab berdi. U bu haqda Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida aytib o‘tgan.
Ma uning jamoasidagi o‘ringa da'vogarlik qiladigan odam qanday jihatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga asosiysi aql ekaninini ta'kidlab o‘tgan. “Agar siz ahmoq bo‘lsangiz, bu saratondan ham yomonroqdir. Saratonni davolash mumkin. Biroq ahmoq bo‘lsangiz, sizni davolab bo‘lmaydi”, deb aytgan tadbirkor.
Uning aytishicha, dunyodagi yetakchi tadbirkorlarning aksariyati hayotga optimistik qarashlari bilan ajralib turadilar. “Men turli sohalarda ko‘plab buyuk yetakchilarni ko‘rganman. Ular hech qachon shikoyat qilmaydilar”, deb aytgan Ma.
Mavzuga oid
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
16:03 / 04.03.2026
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi
19:22 / 31.01.2026
O‘zbekistonda AQSh olimlari bilan saratonni erta aniqlash bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi
14:47 / 22.12.2025