Jahon | 08:42 / 23.01.2019
6325
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro AQSh bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi

Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, Karakas Vashington bilan munosabatlarni butunlay qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens milliy assambleya rahbari Xuan Guaidoni qo‘llab-quvvatlab bayonot bergani tufayli «siyosiy choralar» qo‘llash niyatida.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, o‘z bayonotlari bilan Pens «barcha qoidalarni buzgan».

Maduroning ta'kidlashicha, Venesuela Pens «rejalashtirayotgan» davlat to‘ntarishini mag‘lubiyatga uchratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN Tramp Venesuela muxolifati yetakchisini prezident deb tan olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid