Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik milliarder sanksiyalar sababli biznes-samolyotidan ayrildi
Rossiyalik tadbirkor Boris Rotenberg AQSh moliya vazirligi sanksiyalari sababli o‘z biznes-jyetidan ayrildi.
"Sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng bank samolyot egasi bo‘lgan Damstone Limited kompaniyasi to‘lovlarini qabul qilmay qo‘ydi va hech qanday ogohlantirishsiz samolyotni sotib yubordi. Samolyot narxi bank tomonidan belgilangan", deb ma'lum qildi Boris Rotenbergning vakili RIA Novostiga.
Avvalroq Forbes o‘z manbalariga tayanib sanksiyalar sababli Arkadiy Rotenberg ham o‘z samolyotidan mahrum bo‘lganini xabar qildi.
Nashrning yozishicha, Boris Rotenbergning narxi 25 million dollar bo‘lgan Bombardier Global 5000 samolyoti Kiprdagi Damstone Limited kompaniyasi, Arkadiy Rotenbergning narxi 15 million dollar turadigan samolyoti esa Olpon Investment Limited kompaniyasi hisobida turgan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026