Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi toshqinlar qurbonlari soni ortmoqda
Indoneziyaning Janubiy Sulavesi shtatidagi toshqinlar qurbonlari soni 30 nafargacha yetdi. Bu haqda 24 yanvarda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 25 kishi bedarak yo‘qolgan, minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Avvalroq 26 kishi halok bo‘lgani, 24 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingandi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatning tabiiy ofatlar oldini olish agentligi jabrlanuvchilar uchun vaqtinchalik boshpanalar va dala oshxonalari tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, toshqin sababli bosh avtomagistrallardan biri bo‘ylab qatnov to‘silib qolgani tufayli yordam vertolyotda yetkazilmoqda.
Bir necha kundan beri davom etayotgan kuchli yomg‘irlar Janubiy Sulavesi ma'muriy markazi – Makasara shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan Bili-Bili to‘g‘onining toshishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
09:42 / 28.02.2026