2019 yilgi Osiyo Kubogida ilk marta VAR tizimi (videotakrorlardan foydalaniş) joriy qilindi. Bu tizim turnirning boşidan emas, faqat çorak finaldan qöllanilişi köpçilikni hayron qoldirgan bölişi tabiiy. Buning ham öziga xos obektiv sabablari bor.
Nega çorak finaldan?
Esingizda bölsa, ötgan yillarda FIFA ham bu tizimni qöllaşga şoşilmagan, bu yangilikka ança skeptik yondaşgandi. Rossiyada ötgan jahon çempionati kelajakda qanday yöldan boriş kerakligini uzil-kesil hal qildi. Öşa turnirda bu tizim ijobiy baho oldi, sinovdan juda yaxşi ötdi. Şundan keyingina, FIFA bu borada öz yölini belgilab oldi, konfederatsiyalarga tavsiyalar berdi. Şuning uçun ham OFK, menimça, bu yönaliş uçun investitsiya qilişga şoşilmagan, JÇ-2018 turnirini va FIFAning xulosasini kutgan. Çunki tizim jahon çempionatida özini oqlamasligi va noma'lum muddatga keçiktirilişi ham mumkin edi.
Ötgan olti oy davomida OFK ham bu yönalişda iş olib bordi, Osiyo kubogi uçun VAR tizimini işga tuşirişga harakat qildi. Faqat bugungi kunda, bu tizim bilan maydonda işlay oladigan va VAR hakami sifatida işlaş malakasi bölgan va tegişli litsenziyaga ega hakamlar soni çeklangan. Osiyo kubogidagi hakamlar içida VAR hakami sifatida işlaşi mumkin bölganlar soni 16 nafar. Ular içida boşqa konfederatsiyalardan taklif etilganlar ham bor. Ular – Sezar Arturo Ramos (Meksika), Paolo Valeri (Italiya) va Danni Makkeli (Niderlandiya). Bu röyxatda Ravşan Ermatov ham bor.
Yordamçi VAR hakami böla oladigan mutaxassislar soni esa – 20 nafarni taşkil etar ekan. Ular içida Ermatovdan taşqari, boşqa bir hamyurtimiz Jahongir Saidov ham örin olgan. Masalan, Ravşan Ermatov çorak finalning biratöla ikki öyiniga tayinlanganiga e'tibor bering. Janubiy Koreya – Qatar öyinini u maydonda boşqarsa, (VAR hakami sifatida Ermatovga Paolo Valeri yordam beradi), Xitoy – Eron öyinida u VAR hakami Danni Makkeliga assisentlik qiladi.
Xullas, bu son bilan guruh bosqiçini ötkaziş nazariy tomondan imkonsizdir. Çunki hakam tayinlaşda, boş hakam, uning yordamçilari, VAR hakam va uning yordamçilari iştirokçi terma jamoalar bilan bir mamlakatdan bölmasliklari, öşa guruhdagi boşqa jamoalarga ham «begona» bölişlari, va hatto öşa guruh jamoalariga keyingi bosqiçda raqib bölişi mumkin bölgan mamlakatlardan bölmasligi kerak. Şuningdek, öyinlar turli şaharlarda va qisqa vaqt oraliğida bölib ötadi. Bu şaroitlarda, kam sonli VAR hakamlarini taqsimlaş imkonsiz bölib qoladi. Çorak finaldan boşlab öyinlar soni kamayadi, variantlar oşadi. Ruyxatdagi hakamlar öyinlarni boşqariş uçun yetarli böladi.
Şu örinda, aslida butun turnir davomida VAR tizimi test (offlayn) rejimda işlaganini ham aytib ötiş kerak. Barça öyinlarda VAR tizimi işladi, faqat öyinga ta'sir körsatilmadi xolos.
Xöş, videotakrorlar qanday vaziyatlar uçun qöllaniladi?
FIFA taşkilotining rasmiy saytida bu aniq va sodda şaklda tuşuntirib berilgan. Videotakror asosan qöyidagi tört xil holatni aniqlaştirişda qöllanilişi belgilangan.
Golning haqqoniyligini aniqlaş. Misol uçun, futbolçi ofsaydda qolgan holatda yoki qoida buziş orqali raqib darvozasini işğol qilsa, videotakrordan foydalangan holda, hakam qaror çiqarişi, dastlabki qarorini özgartirişi mumkin. Töp darvozaga kirgaç, öz-özidan öyinda uziliş sodir böladi, ya'ni bu yerda öyin sur'atining tuşişi haqidagi gaplar ortiqça.
Penalti bor yoki yöqligini aniqlaş. Penaltining belgilanişi yoki belgilanmasligi ham öyin natijasiga ta'sir qiladigan muhim qarorlardan biri. Jarima maydonida qoida buzilgani yoki buzilmagani videoassisent yordami bilan aniqlaştirilişi mumkin.
Qizil kartoçka. Qizil kartoçkaga loyiq qoida buzilişi yoki vaziyatning qizil kartoçkaga «tortmasligi»ni aniqlaş uçun ham, videotakrorga murojaat qilinişi mumkin. Bu yerda faqat töğri-töğri qizil kartoçkalar nazarda tutilgan, ikkinçi sariq kartoçka emas. Masalan, Eronga qarşi öyinda Kriştianu Ronalduga videotakrordan keyin sariq kartoçka körsatilgandi. Aslida, tizim sariq kartoçka körsatiş uçun emas, qizil kartoçka bor yoki yöqligini aniqlaştiriş uçun qöllanilgan edi. Qizil kartoçkaga tortmasligi ma'lum bölgaç, sariq kartoçka bilan kifoyalanildi.
Futbolçilarni çalkaştirib yuboriş. Misol uçun, hakam qoida buzgan yoki raqibini urgan bir futbolçi qolib, yonida turgan şerigini jazolab yuborişi, butunlay boşqa odamga sariq yoki qizil kartoçka körsatib yuborişi mumkin. Bu holat ham videotakror yordamida tuzatiladi.
Töp maydon taşqarisiga kimdan çiqib ketdi? Maydon markazida qoida buzildimi yoki yöqmi? Bu futbolçiga sariq kartoçka körsatiş kerakmi yoki yöqmi? Şu va şu kabi boşqa savollar bilan videoassisent şuğullanmaydi.
Tizim qanday tamoyillar asosida işlaydi?
Maydon atrofidagi turli nuqtalarga yigirmadan ortiq kameralar joylaştiriladi. Har bir kameradagi tasvir VAR hakami va uning yordamçilari tomonidan kuzatiladi. Vaziyat sodir bölganda, uni turli kameralardan kuzatib, baholaş uçun eng maqbul kameralarni topiş ham VAR yordamçilari tomonidan amalga oşiriladi.
Birinçi bosqiç: Boş hakam yuqoridagi törtlikka kiradigan ma'lum bir vaziyatda videotakrorga muhtoj bölib qolsa, işora beradi. Yoki videoassisent biror vaziyatda hakam adaşganini körsa, hakamga uşbu vaziyatni videotakrorda qayta körişni tavsiya qiladi.
Ikkinçi bosqiç. Bir neça kameradan lavhalarni kuzatib ötirgan yordamçi eng maqbul rakursdagi videoni maydon çetidagi monitorga jönatadi.
Uçinçi bosqiç. Hakam videoni körib, öz qarorini aytadi. U videotakrorni körgandan söng, dastlabki fikrida qolişi ham, videoassisentning ma'lumoti asosida qarorini özgartirişi ham mumkin.
Misol uçun. Töp darvozaga kiritildi, hakam ofsayd bor yoki yöqligiga şubhalansa, videotakrorni körib, qaror qilişni istaşi mumkin. Yoki boş hakam gol deb hisobladi, lekin video oldida ötirgan yordamçi ofsayd bölganini kördi. Yordamçi boş hakamga ofsayd bölganini aytadi. Boş hakam yordamçi tavsiyasi bilan takroriy lavhani köradi. Va qarorini özgartirişi yoki özgartirmasligi mumkin.
Bu yerda eng muhim va e'tibor berilişi kerak bölgan nuqta şundaki, baribir yakuniy qaror boş hakam zimmasida qolmoqda. VAR unga texnik tomondan kömak beradigan, vaziyatni körmay qoliş, baholay olmay qoliş kabi muammolarga duç kelganda qöllaydigan vosita xolos. Xuddi hakamlarning yon çiziqdagi yordamçilari bilan muloqot qiladigan vositalar kabi tuşuniş mumkin. Ya'ni VAR natijasida, futbolni tuşuniş, maydonni his qiliş yöqoladi, hammasi robotlaşib ketadi degan xulosaga boriş xatodir.
Özbekiston yirik musobaqalarga mezbonlik qilişi mumkinmi?
Bu ham tez-tez tilga olinadigan va muxlislarimiz orzu qiladigan voqealardan biri. Prezident ham yaqinda mamlakatimizda Osiyo öyinlarini ötkazişga harakatlar boşlanişi kerakligi haqida aytib ötdi. Osiyo kubogi kabi jiddiy musobaqaning ham qaçondir Toşkent, Buxoro, Samarqand, Qarşi, Farğona va boşqa şaharlarimizda qabul qilsak juda yaxşi bölardi. Biz bunga tayyormiz, amalga oşirsa böladigan iş, deyiladi köpinça.
Buning uçun bizda şaroitlar bormi? Aynan VAR tizimi haqidagi maqolada bu mavzuni oçganimning sababi bor. Albatta, stadionlarni turnirga tayyorlaş, şaharlar infratuzilmasini, mehmonxona va yöllarni moslaştiriş tajribasi bizda yetarli bölişi mumkin. Eplarmiz ham. Ammo bugungi davrda faqat qurilişlar bilan kerakli darajaga çiqa oliş imkonsiz bölişini ham aytib ötiş kerak.
Masalan, BAAdagi Osiyo kubogida VAR markazi Abu Dabida joylaşgan ekan. Al Ayn, Dubay, Şarjadagi stadionlarga örnatilgan 20dan ortiq kameralar yordamida tasvirga olingan videokadrlar onlayn tizimda Abu Dabidagi markazga uzatib turiladi. U yerdan VAR yordamçilari vaziyatlarni tahlil qilib borişadi. Ya'ni, bu tizim işlaşi uçun, sekundiga gigabaytlab hajmdagi materiallar internet yordamida davomli tarzda yetkazib turilişi kerak. Endi tasavvur qilib kördingizmi?
Albatta, VAR tizimini quvvatlaydigan tizim uçun imkoniyat yaratiş, obektlarni qandaydir yopiq sistema orqali boğlaş qiyinçilik tuğdirmasligi mumkin, lekin aytaylik, yuzlab, balki minglab xorijiy jurnalistlar va muxlislarning bizda faoliyat körsatişlari, ularning özaro kommunikatsiyalari uçun qoniqarli şaroitlarni taqdim etiş oson bölmasligi turgan gap.
Buning uçun internet tezligimiz ön barobar emas, yuz barobar va rostan ham oşişi kerak böladi.
Qahramon Aslanov












