Men jarohatlangan futbolçi bilan töp talaşmayman. Sababi, agar töpni olib qöysam, «ha, endi, raqibi jarohatlangan edi-da, deyişadi. Agar yutqazib qöysam, hammaning kulgisiga qolaman. Har ikki holatda ham yutuqda bölmayman», – degandi, tarixdagi qaysidir futbolçi. Penalti ham xuddi şu holatga öxşab ketadi. Tepuvçi heç qaçon yutuqda bölmaydi.
1999 yil YeÇL finalidagi hisobni tenglaştiruvçi gol qanday sodir bölgani haqida iştirokçilardan biri David Bekhem hikoya qiladi: «Men burçak töpini ijro etiş uçun tayyorlana boşladim. Bu sönggi imkoniyat, aniq ijro etişim kerak edi. Şu payt jarima maydoni tomon yugurib kelayotgan Piter Şmeyxelni kördim. Yoşligimizda u doim öz maşğulotlarda bizni yuqoridan töp uzatişga majbur qilardi. Va agar uzatma xato ketib qolsa, qattiq koyib berardi. Biz hammamiz uning jahlini çiqarişdan juda qörqardik. Negadir öşa maşğulotlar xayolimdan ötdi va yomon pas uzatişga haqqim yöqligini angladim».
Bu qandaydir soniyalarda xayoldan ötgan fikrlar, ammo işonsa böladi. Zero, penaltilar seriyasi deganda, ilk xayolga keladigani Roberto Badjodan JÇ-98 turnirida yana bir marta penaltilar seriyasiga qanday yaqinlaşgani haqida söraşganda, juda juda köp narsalar xayoldan ötganini va hatto ba'zilarini eslay ham olmasligini aytib bergandi.
Marat Bikmayev zarbani ijro etayotgan paytda aynan nimalarni öylagani menga qoronği, masalan, yaqinda Turkiyadagi maşğulotlardan birida bölib ötgan mana bu voqeani ham eslagandir.
Aytib berişlariça, bir kuni, maşğulotlar yakuniga yetar mahal, Kuper hammani kiyim almaştiriş xonasiga çorlaydi. Öşa paytda Marat Nesterov bilan penaltilarni maşq qilardi va u murabbiyga heç bölmasa bir zarbani amalga oşirişga ruxsat söraydi.
- Agar ura olmasang, jarima tölaysan, - deydi Kuper
- Xöp, agar ursamçi?
- Unda mukofot mendan!
Oddiy penalti katta musobaqaga aylanib ketadi. Murabbiylar ştabi Ignatiydan qutqarişni iltimos qilgan, futbolçilar esa, barçasi Marat tomonda, Kuperni «tuşiriş» uçun muxlislik qila boşlaydilar. Hamma töplanib olgan, öz-özidan, oddiy penalti bosimi bir neça karrasiga ortib ketgandi.
Öşa zarbani Marat Bikmayev aniq ijro etadi va Kuper yutqazadi.
Bikmayev yuqoridagi voqeadan taşqari, albatta, salkam ön beş yil oldingi seriyani, Bahraynga qarşi öyinni ham yodga olgandir. Töğrisi, avval öşa öyin mening esimda yöq edi, Maratning zarbasi golga aylanmagaç, keyin esladim. Uning esa, yodida bölgani aniq. Balki şu tufayli, negadir, Maratning ikkinçi marta ham bizni musobaqadan çiqarib yuboruvçi xatoni amalga oşirgani emas, ikkinçi marotaba ham şu vazifa qarşisiga kelgani, bu mas'uliyatni öz zimmasiga olgani haqida öylay boşladim.












