Ötgan mavsumni «Paxtakor» tarkibida ötkazgan Marat Bikmayev «Lokomotiv»ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«2014-2018 yillar davomida «Lokomotiv» tarkibida harakat qilib, köplab gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Marat Bikmayev yangi 2020 yilgi mavsumda jamoamiz şarafini himoya qiladi. «Lokomotiv»ga qaytganing muborak, Marat!» - deyiladi klub xabarida.

Eslatib ötamiz, 33 yoşli Marat Bikmayev «Lokomotiv» safida 2014-2018 yillar davomida töp surib, 65ta golga mualliflik qilgan. 2019 yilda esa «Paxtakor» safida Superligada 8ta gol urişga erişdi.