Özbekiston terma jamoasi a'zosi, Toşkentning «Lokomotiv» klubi hujumçisi Marat Bikmayev faoliyatini boşqa klubda davom ettiradi.
Tribuna.uz manbasi tasdiqlaşiça, Özbekiston terma jamoasi safida Osiyo Kubogida iştirok etib qaytgan hujumçi Toşkentning boşqa bir jamoasi - «Paxtakor» klubiga ötadi.
Ayni vaqtda tomonlar kelişuvga erişib bölgan. Uşbu transferning qöşimça tafsilotlari yaqin vaqtlar içida ma'lum böladi.
Qayd etiş kerakki, Marat Bikmayev avval ham «şerlar» safida töp surgan. U futbolçilik faoliyatining boşida, 2002-2004 yillarda «Paxtakor» şarafini himoya qilgan, 39 öyinda maydonga tuşib, 14ta gol urgan, qatorasiga 3 mavsumda toşkentliklar jamoasi bilan çempion bölgandi.
Keyinçalik «Krilya Sovetov» (2004-05), «Rubin» (2006-07), «Spartak-Nalçik» (2008-10), «Alaniya» (2010-12) va «Aqtöbe» (2012-12) kabi klublar safida töp surgan futbolçi 2014 yilda Özbekistonga qaytib, «Lokomotiv»da öynay boşlagandi. U ötgan vaqt davomida «temiryölçilar» bilan 3 marta Özbekiston çempioni böldi, 2017 yilda Özbekiston çempionatining eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlangan.
Marat Bikmayev 2004 yilda Özbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan va ötgan vaqt içida 45 öyinda maydonga tuşib, 5ta gol urgan.
Bundan avvalroq, qişki yiğin arafasida turgan «Paxtakor» «Bunyodkor»ning sobiq futbolçilari Akrom Komilov va Sardor Sobirxöjayev, «Nasaf» darvozaboni Sanjar Quvvatov «Navbahor» yarimhimoyaçisi Aziz Turğunboyev hamda «Anji» a'zosi Dostonbek Hamdamovni öz safiga qöşib olgandi. Şuningdek, Jaloliddin Maşaripov va Yegor Krimets bilan şartnoma yangilandi.
Öz navbatida jamoani hujumçilar, ötgan mavsumda töpurar bölgan Ismoil Gonsalveş (12) va Tiago Bezerra (10), darvozabon Aleksandr Lobanov («Metallurg»)ga, himoyaçilar Kamoliddin Tojiyev («Metallurg»ga) va Akmal Şorahmedov (OKMKga) hamda yarimhimoyaçi Jamşid Iskandarov («Lokomotiv»ga) jamoani tark etdi.












