Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki bilan «O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga bardoshlilikni oshirish» loyihasi bo‘yicha hamkorlik o‘rnatiladi
2018 yilning 21-25 yanvar kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev Jahon bankining K.Takeuchi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohasida texnik yordam ko‘rsatish holati, shuningdek, delegatsiya rejalari muhokama qilindi, deyiladi vazirlik xabarida.
Joriy yilning 22-23 yanvar kunlari Jahon banki delegatsiyasi mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (FVV huzuridagi seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti) bilan birgalikda Andijon shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya 9 ta ijtimoiy binolarni vizual baholadi va ular bo‘yicha birlamchi ma'lumotlar (binoning qurilgan yili, foydalanishi, o‘quvchilar soni va ijtimoiy binolarning asl chizmalari va h.k.z.) to‘plandi.
O‘rganilgan ma'lumotlar sarhisobi bo‘yicha Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Andijon shahridagi tanlab olingan ijtimoiy binolarga tashrif yakunlari, binolarni seysmik mustahkamligini baholash, shuningdek, «O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga bardoshlilikni oshirish» loyihasi bo‘yicha hamkorlik doirasida rejalashtirilayotgan istiqbolli tadbirlar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026