O‘zbekiston | 09:07 / 26.01.2019
6507
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanligi tasdiqlandi

2019 yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Turkmaniston favqulodda va muxtor elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida 2018 yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi va Turkmaniston prezidentining 23-24 aprel kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi va Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarning markaziy voqeasi bo‘lganligi ta'kidlandi.

Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari qardosh mamlakatlar va xalqlarga xos bo‘lgan yaqin qo‘shnichilik va strategik hamkorlik ruhida rivojlanmoqda. Xususan, o‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi avvalgi davrga nisbatan qariyb 70 foizga oshib, 302 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ushbu yil bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi batafsil muhokama qilindi.

Muzokaralarda o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi, deyiladi TIV xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid