Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: norozilar guruhi Turkiyaning Iroq shimolidagi harbiy bazasiga hujum qildi
Bir guruh norozi shaxslar Iroq Kurdistoni hududidagi Dohuk shahri yaqinida joylashgan Turkiya harbiy bazasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, harbiy bazaga hujum Turkiya HHKning 20-22 yanvar kunlari bergan aviazarbasi oqibatida Kurdiston Ishchilar partiyasining 21 nafar a'zosi yo‘q qilinganiga nisbatan norozilik oqibatida uyushtirilgan.
Bazaga hujum davomida jabrlanganlar yoki Turkiya qurolli kuchlari vakillarining ularga nisbatan harakatlari to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Turkiya Iroq shimolidagi Kurdiston Ishchilar partiyasi marralariga zarbalar berib kelmoqda. Anqara ushbu partiyani terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026