Jahon | 08:45 / 26.01.2019
4573
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp 15 fevralgacha bo‘lgan budjetni imzoladi

Foto: Jacquelyn Martin/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomonidan qabul qilingan, qator idoralarning 15 fevralgacha vaqtinchalik budjetini imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uyga tayangan holda xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, kelgusi uch hafta davomida uzoq muddatli budjet bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, AQSh senati shatdaunni 35 kunlik muddatga to‘xtatib qo‘yish uchun mo‘ljallangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Qonun loyihasi bugungi kunda budjetsiz qolgan vazirlik va idoralarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp shatdaun bo‘yicha ultimatum qo‘ygandi.

Tramp, agar Meksika bilan chegarada devor qurish uchun pul ajratilsa, shatdaunni to‘xtatadigan budjet qonunini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotiga asosan xabar bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid