AQŞ prezidenti Donald Tramp, agar Meksika bilan çegarada devor quriş uçun pul ajratilsa, şatdaunni töxtatadigan budjet qonunini körib çiqadi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Sandersning ta'kidlaşiça, budjet qonunida devor quriş uçun «katta avans tölovi» kafolatlanişi kerak.
Şuningdek, Oq uy matbuot kotibining qöşimça qilişiça, senatorlar hozirgi vaqtda şatdaunni töxtatiş uçun budjet töğrisida kelişuvga erişişga intilmoqda. Uning sözlariga köra, uç hafta içida AQŞda budjet taşkilotlari moliyalaştirilişini tiklaş rejalaştirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq WP AQŞ respublikaçilar partiyasi nimaga aylanganini sözlab bergandi.












