O‘zbekiston | 21:59 / 26.01.2019
6592
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro press klubda yoshlar siyosatiga yangicha yondashuv va mavjud muammolar muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Media markazida «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati: islohotlarning yangi davridagi muhim vazifalarga zamonaviy yondashuv va muammolar tahlili» mavzusida Xalqaro press klubning jonli efirdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator vazirlik, idora va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2019 yilgi ish rejaga kiritilgan vazifalar xususida ma'lumot berdi.

Tizimning joriy yilgi faoliyati davomida yoshlar bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Shuningdek, 2018 yilda tashkil etilgan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi o‘tgan 6 oy mobaynida 3 ming 141 ta biznes loyihaga jami 403,2 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 19 ming 991 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligiga alohida urg‘u berildi. Ishsiz yoshlar bilan ishlash, ularni manzilli aniqlash hamda bandligini ta'minlash maqsadida 1 ming 328 marta mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, 46 ming 62 nafar yoshlarning bandligi ta'minlanganligi aytib o‘tildi.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan loyihalar natijasida sodir etgan jinoiy qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 456 nafar yosh O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining «Yoshlar kafilligi» asosida sud zalidan ozod qilinib, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik 29,9 foizga, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi esa 37,1 foizga kamayganligi ma'lum qilindi.

Mavzuga oid