Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh iqtisodiyoti shatdaun sababli 6 mlrd dollar yo‘qotganligi ma'lum qilindi
AQSh iqtisodiyoti shatdaun sababli kamida 6 mlrd dollar yo‘qotdi, deb xabar berdi Reuters S&P Global Ratings ma'lumotiga tayanib.
Yanvar oyi boshida Oq uy iqtisodiy maslahatlashuvlar kengashi shatdaun oqibatida mamlakat YaIM birinchi chorakda 0,1%ga pasayishini bildirgandi.
Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etayotgandi. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli budjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi.
Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.
26 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomonidan qabul qilingan, qator idoralarning 15 fevralgacha vaqtinchalik budjetini imzoladi.
Taxminlarga ko‘ra, kelgusi uch hafta davomida uzoq muddatli budjet bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, AQSh senati shatdaunni 35 kunlik muddatga to‘xtatib qo‘yish uchun mo‘ljallangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Qonun loyihasi bugungi kunda budjetsiz qolgan vazirlik va idoralarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026