Jamiyat | 08:24 / 27.01.2019
4750
2 daqiqa o‘qiladi

“Vaqf” fondi Andijonda saxovat tadbiri o‘tkazdi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Andijon viloyati vakilligi majlislar zalida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy quvvatlash maqsadida saxovat tadbiri o‘tkazdi. 

Tadbir avvalida Andijon viloyati bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, “Vaqf” fondi rahbari Iskandar Xalilovlar so‘z olib,  xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan savobli loyihalar, turli aksiyalar haqida ma'lumot berdilar.

Shundan so‘ng viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan 18 nafar imkoniyati cheklangan kishiga nogironlik aravachalari, 80 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Viloyat hududida faoliyat yuritayotgan masjidlarga kitob jamlanmalari hadya qilindi. Tadbir davomida “Vaqf” fondi tomonidan 100 million so‘mdan ziyod xayriya amalga oshirildi. 

Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi ikki nafar og‘ir bemor holidan xabar olinib, ularga nogironlik aravachalari topshirildi.

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid