Jahon | 11:47 / 28.01.2019
7132
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaponiyada yangi radar joylashtirishni rejalashtirmoqda

Foto: REUTERS/Ian Dudley/U.S. Air Force photo

Qo‘shma Shtatlar Yaponiya hududida yangi, o‘ta kuchli yer usti radari joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Iomiuri» xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Amerikaning qit'alararo ballistik raketalar zarbasiga qarshi mudofaa tizimini mustahkamlash imkonini beruvchi yangi raketalardan mudofaa radar joylashtirilishi 2025 yilga kelib yuz beradi. Birinchi navbatda, bunday tizimning joylashtirilishi Shimoliy Koreya tomonidan raketa zarbasi tahdidi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, xuddi shunday radar 2023 yilgacha Gavayi orollarida ham paydo bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh razvedkasining yangi strategiyasi tufayli protest bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid