XXR Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çuninning ma'lum qilişiça, Xitoy XXR va Rossiya Qöşma Ştatlarning raqiblari deb atalgan, AQŞda razvedka sohasida Yangi milliy strategiya e'lon qilingani tufayli protest bildiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Xabar berilişiça, strategiyada ommaviy qirğin qurollariga ega çiqiş va qöllaş orqali AQŞ manfaatlariga falokatli darajada zarar yetkaziş maqsadida turli imkoniyatlarni izlayotgan «köplab raqiblar» haqida aytiladi.
 
«AQŞ şunga öxşaş bir qator hisobotlar çiqardi, ularda Rossiya va Xitoyga qarşi asossiz ayblovlar ilgari surilgan. Biz şu munosabat bilan bunga protest bildiramiz», - deya qayd etib ötdi Çunin.

Xitoylik diplomat AQŞni butun dunyoda aloqalarni yaxşilaş va tinçlikni qöllab-quvvatlaş uçun köproq harakat qilişga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ razvedkasi Rossiyaning harakatlaridan xavotirda ekani xabar qilingandi.