Jahon | 23:42 / 28.01.2019
20725
1 daqiqa o‘qiladi

Madrid aeroportidagi harakatsiz samolyot bir necha yildan keyin payqab qolindi

Ispaniya poytaxtining eng yirik aeroporti – Madrid-Baraxasda bir samolyot aeroport ma'muriyati unga e'tibor qaratishidan oldin bir necha yil harakatsiz turgan. Bu haqda Independent nashri ma'lum qildi. 

Aeroport rahbariyati mahalliy gazetada aeroport turargohida bir necha yil avval qoldirilgan McDonnell Douglas MD-80 yo‘lovchi layneri topilganini e'lon qilgan. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, topilma haqidagi e'lonni u aniqlangan vaqtdan boshlab 3 oy ichida berish, so‘ngra egasining javobini bir yil kutish kerak. Agar topilma egasi chiqmasa, hukumat samolyotni qarovsiz deb topib, uni auksion orqali sotib yuborishi mumkin.

McDonnell Douglas MD-80 samolyoti AQShda 1980 yildan 1999 yilgacha ishlab chiqarilgan. O‘z bortiga 172 kishini oladi. Uzunligi 45 metr, qanotlari qulochi 32 metrni tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid