Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bangladesh davlatlararo munosabatlarning muhim masalalarini ko‘rib chiqdi
2019 yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Bangladesh Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Ma'sud Mannan bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida davlatlararo munosabatlarning muhim masalalari, ularni 2019 yilda tomonlar uchun maqbul bo‘lgan barcha sohalarda yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston – Bangladesh tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish borasidagi takliflar muhokama qilingan.
Uchrashuvda tomonlar ko‘rib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning, jumladan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarning loyihalariga alohida e'tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025